Milena

Madmusaeva

Honanda

Milena Madmusayeva 26 09 1988 yili O'zbekistonning Navoyi shahrida tug'ilgan. 1989 yili Farg'ona viloyati Quvasoy shaxriga ko'chib kelishgan. 1995 yili Quvasoy shaxridagi lqtidorli bolalarning ixtisoslashtirilgan 1- maktabiga qabul qilingan. Milena bolaligidanoq musiqaga mehr qoygan va 4-sinfda uning ota onasi farzandining musiqaga bolgan qobiliyatini qobiliyatini sezib qolishgan. Va musiqa maktabining fortepiano bolimiga berishgan. 9 yillik maktab ta'limidan so'ng Farg'ona viloyatidagi San'at kasb hunar kolledjining akademik xonandalik bolimiga qabul qilindi. 2007 yili Milena respublikanskiy tanlovda yosh ijodkorlar va tengdoshlari orasida faxirli 1-o'rinni egalladi. Shu yili O'zbekiston Respublikasining Davlat Konservatoriyasi Akademik Xonanada bolimiga qabul qilinadi.

Milena Konservatoriyada ta'lim olish jarayonida koplab tanlovlarda va festivallarda qatnashib o'z yurtini chet ellarga munosib korsata oldi. Masalan: Fransiya ,lspaniya Italiya Jahon ekspertali tomonidan yuqori baholanib keldi. 2011 yil Konservatoriyani tamomlagach Milena o'z ijodi yolidan bordi. Estrada birlashmasi ”O'zbeknavo”

"O'zbeknavo"ga ishga kirdi. Shu yildan boshlab Milena O'zbekiston davlat tadbirlariga: Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya , 8-mart, Navro'z bayrami, Universiyada, Sharq taronasi festivali kabi tadbirlarga faol qatnashib keldi 2015 yildan boshlab Milena o'z ijodida opera yonalishi bilan birgalikda estrada yonalishini ham boshlab yubordi. Milena endilikda estrada honandalik ijodini yosh hamda iste'dodli shoir va kompozitr Yakzon sozlari bilan " Yig'lab kuIib" qo'shigini ijro etdi va qdshiqga klip ham olindi Birinchi qo'shiqning ketidan so'zlari va musiqasi Nargiz ismli yosh kompozitrga tegishli bolgan ikkinchisi: " Vos kecho|mayman" qo'shig'i yaratildi va Milena tomonidan ijro etildi Yakkaxonlikda ijro etishdan tashqari Milena "Oazis" gruppasi bilan hamkorlik qilmoqda. 2016 -yilning baxor faslida Milena Madmusayeva " Oazis" guruhining produsseriga Abdu Hamid
Xalilovga turmushga chiqti.

SO'NGI MUSIQALAR

Milena Madmusaeva - Kel

Milena Madmusaeva - Овора

Milena Madmusaeva - Эй дил.mp3

Barcha musiqalarni eshitish

OXIRGI VIDEOLAR

Milena Madmusayeva - Ovora | Милена Мадмусаева - Овора

Milena Madmusayeva - Ovora | Милена Мадмусаева - Овора

Milena Madmusaeva - Imagine

Milena Madmusaeva - Imagine

 

18
Сен2016

O'ZBEKISTON XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST

Ko'plab xalqaro tanlovlarining Iaureati bo'lib hisbIanib kelingan Milena Madmusayeva O'zbekiston Respublikasinig 25-yilligida opera va estrada yo'lida uzoq va mashaqatli yo'l boslib ,estradaning eng iste'dodli yoshlari orasida O'zbekistonda xizmat ko'rsatga artist unvoniga sazovor bo'ldi.

22
Сен2016

YANGILIKLAR

Hozir Milena yosh va istedodli kompozitor Yakzon bilan birgalikda "Kel" nomli qo"shiq ustida ishlamoqda

YANGILIKLARGA OBUNA:
Ismingiz:
Email: